• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

NamMQI talabalar turar-joyida “Yangi O‘zbekiston va inson huquqlari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

Muhandislik kommunikatsiyalari fakulteti mas'ulligidagi   tadbirda viloyat Adliya boshqarmasi bosh maslahatchisi Zulfiya Ahmadxo‘jaeva, boshqarma qoshidagi faxriylar Kengashi a'zosi Nasibaxon Umarova, Namangan tuman FHDYo bo‘limi mudirasi Lobarxon Xo‘jaeva, Advokatlar palatasi viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i Bahodir Karimov, Xalq demokratik partiyasi   viloyat kengashi bo‘lim boshlig‘i Sarvinoz Eshalieva, partiya Namangan shahar kengashi raisi Dilnoza O‘rinboeva, Muhandislik kommunikatsiyalari fakulteti mutasaddilari va talabalar ishtirok etdi. 

Tadbirda mamlakatda aholining huquqiy savodxonligini oshirish yuzasidan olib borilayotgan islohotlar, huquqiy ko‘mak olish uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, yoshlar hayotida, ayniqsa talabalar uchun zurur huquqiy bilimlar va qonun hujjatlari haqida ma'lumotlar berildi.

Talabalar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar oldi. 

 

NamMQI media markazi

  • Share :