• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

NamMQI Transport fakultetida Bionika laboratoriyasi o‘z faoliyatini boshladi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning Namanganga tashrifi davomida Davlatobod tumanidagi “Yangi O‘zbekiston — yoshlar ziyo maskani” axborot-kutubxona markazida bir guruh yoshlar bilan uchrashuvlarida bergan topshiriqlari ijrosi yuzasidan Namangan muhandislik-qurilish institutining Transport fakul'teti binosida Bionika laboratoriyasi barpo etildi. Mazkur laboratoriyaning ochilish marosimida Oliy ta'lim, fan va innovasiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov, NamMQI rektori Sharifjon Ergashev hamda institut professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Bu yerda eng zamonaviy yo‘nalishlar bo‘yicha bilim olish va amaliyot o‘tash uchun barcha sharoitlar yaratilgan hamda zaruriy jihozlar bilan boyitilgan bo‘lib, ushbu maskan talaba yoshlarning bilimini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

  • Share :