• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

NamMQI va Qirg‘izistonning K.Sh.Toktomatov nomidagi xalqaro universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Avval xabar berganimizdek, Qirg‘izistonning O‘sh shahridagi Qirg‘iz-O‘zbek universitetida «Oliy ta'lim tizimida integratsiya, hamkorlik va innovasiyalar» mavzusidagi O‘zbekiston-Qirg‘iziston oliy ta'lim muassasalari rektorlarining I-xalqaro forumi bo‘lib o‘tmoqda.

Forum doirasida Namangan muhandislik-qurilish instituti va Qirg‘izistonning K.Sh.Toktomatov nomidagi xalqaro universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. 

Ushbu memorandum professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi, xalqaro loyihalarda birgalikdagi ishtirok kabi  ko‘plab jihatlarni qamrab oladi. 

Hamkorlik memorandumi Namangan muhandislik-qurilish instituti Sharifjon Ergashev va K.Sh.Toktomatov nomidagi xalqaro universitet rektori Oyjamol Kantoroeva tomonidan  imzolandi.

  • Share :