• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

NamMQI vakillari «World Edu-2023» xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda

Samarqand shahridagi “Sof Expo Samarqand” xalqaro ko‘rgazmalar markazida «World Edu-2023» xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.

Unda Namangan muhandislik-qurilish institutining O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Baxtiyor Mullaboyev boshchiligida Iqtisodiyot va boshqaruv fakultetining bir guruh  iqtidorli talabalari ishtirok etmoqda.

«World Edu-2023» xalqaro ko‘rgazmasi talaba va abiturentlarga respublikamiz va xorijda ta'lim olish, ta'lim muassasalarining o‘quv dasturlari bilan tanishish, stipendiya va  grantlarini qo‘lga kiritish imkoniyatlari bilan tanishish hamda yoshlarga o‘zlari qiziqqan soha va kasblarni tanlash imkonini beradi.

  • Share :