• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

NamMQIda “Uyg‘onish” turkumidagi kitoblar to‘plamining taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Namangan muhandislik-qurilish instituti axborot-resurs markazida Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan chop etilgan “Uyg‘onish” turkumidagi kitoblar to‘plamining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

NamMQI media markazi va Yoshlar ittifoqi institut boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan tashkillangan tadbirni rektor maslahatchisi Azizbek Abduvaliev ochdi va olib bordi.

Tadbirda Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Alisher Akbarov mazkur to‘plam haqida batafsil ma'lumot berdi. Undagi yetti risolada ibn Sino, Beruniy, Forobiy, Moturidiy, Buxoriy, al-Farg‘oniy va al-Xorazmiy haqida hikoya qilinadi. Ushbu kitoblarni o‘qigan talabalarda esa buyuk ajdodlar haqida yaqqol tasavvur hosil bo‘ladi.

Yakunda mazkur to‘plam viloyatdagi oliy o‘quv yurtlari orasida birinchilardan bo‘lib NamMQIga taqdim etildi. Uni institut birinchi prorektori Odiljon Jakbarov qabul qilib oldi va jamoa nomidan agentlikka minnatdorlik bildirdi.

NamMQI media markazi

  • Share :