• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari izlanuvchilari diqqatiga!

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Jahon Bankining Oʻzbekiston milliy innovatsiya tizimini modernizatsiya qilish loyihasi hamda “Clarivate Analytics” kompaniyasi hamkorlikda ilmiy tadqiqotchilar, doktorantlar va olimlarga Web of Science xalqaro ilmiy resurslaridan bepul foydalanish imkoniyatini taqdim etadi.  

Xalqaro miqyosda tan olingan ushbu ilmiy iqtiboslar bazasi ijtimoiy-gumanitar va boshqa yoʻnalishlar boʻyicha 12 000 dan ortiq jurnal hamda 148 000 ga yaqin konferensiya materiallarini izlash imkoniyatini beradi.

Eslatib o‘tamiz, Web of Science bazasi tashkilotlar IP-adresiga bogʻlangan boʻlib, undan foydalanishda parol talab qilinmaydi. Ushbu mavzuga oid qoʻshimcha maʼlumotlar va sizni qiziqtirayotgan savollarga javoblarni ushbu havola orqali olishingiz mumkin 👉https://t.me/Web_of_Science_Uz

NamMQI media markazi

  • Share :