• г. Наманган, улица Ислама Каримова, дом 12
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Institutning “Oltin davrim” gazetasi muharriri Yoqubjon Darmonov xonadoni yoʻqlandi

NamMQI rektori boshchiligidagi mutasaddilar oʻz vaqtida institutning “Oltin davrim” gazetasini boshqargan Yoqubjon Darmonov xonadonini yoʻqladi.

Yoqubjon Darmonov muharrirligi ostidagi bir necha yillar davomida institutning “Oltin davrim” gazetasi katta nusxalarda chop etildi. Gazeta sahifalarida institutda roʻy berayotgan oʻzgarishlar, professor-oʻqituvchilar faoliyati va talabalar hayoti muntazam yoritib borildi.

Hozirda keksalik gashtini surayotgan Yoqubjon aka xonadonida farzandlari, kelinlari, nevaralari ardogʻida. Institut mutasaddilari u kishining uhbatidan bahramand boʻlib, samimiy tilaklari va Ramazon hadyalarini yetkazdi.

NamMQI media markazi

  • Share :