• г. Наманган, улица Ислама Каримова, дом 12
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Namangan viloyat IIB YHXB “Kafedra kuni” o‘tkazildi.

Yo‘l harakati xavfsizligi kafedrasi mudiri A. Madraximov, dekan muovini G‘.To‘xliev, kafedra dotsentlari A.Eshonboboev, M.Boydadaev, I.Ikbarovlar xamda 59-60-YXTE-22, 52-YXTE-20 gurux talabalari 18-aprel kuni “Kafedra kuni” loyihasini  amalga oshirish doirasida Namangan viloyat IIB  YHXB va unga qarashli ekspluatatsiya montaj bo‘limida dars mashg‘ulotlarini olib borishdi. Dastlab talabalar va professor o‘qituvchilar Namangan viloyat IIB YHXB ga tashrif buyurdi. Tashrif buyuruvchilarni Namangan viloyat IIB YHXB boshlig‘i o‘rinbosari R.Sirojidinov kutib oldi. Kunning birinchi yarmida talabalarga bugungi kungi rejalashtirilgan kafedra kuni munosabati bilan “Yashil transpor”, “Xavfsiz piyoda”, “Shaxarlar piyodalar uchun” mavzularida seminar darslari bevosita soha mutaxasislari bilan birgalikda o‘tkazildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan Namangan viloyat IIB YHXB boshlig‘i o‘rinbosari R.Sirojidinov bilan ochiq muloqotga kirishishdi. Kunning ikkinchi yarmida Namangan viloyat IIB YHXB qarashli ekspluatatsiya montaj bo‘limiga tashrif burib u yerdagi texnikalar bilan tanishdi. Bo‘lim boshlig‘i F.Sulaymonov bilan o‘tkazilgan suxbat davomida amaliy mashg‘ulot darslarni bevosita ish jarayonida olib borishga kelishildi.  Kafedra kuni loyihasini yakuniy qismida R.Sirojiddinovga samimiy uchrashuv uchun minnaddorchilik bildirildi.

  • Share :