• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

“Springer and Nature” jurnallariga milliy obunaning ochilish marosimi” mavzusidagi xalqaro forum

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida “Springer Nature” kompaniyasi bilan hamkorlikda “Springer and Nature” jurnallariga milliy obunaning ochilish marosimi” mavzusidagi xalqaro forum onlayn va oflayn formatda bo‘lib o‘tmoqda.

Forumda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Latviya, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston, Ukraina, Estoniya mamlakatlaridagi vakillar ishtirok etmoqda.

Forumning asosiy maqsadi resurslardan qanday foydalanish bo‘yicha o‘qitish, veb-saytda maqolalar, jurnallarni qanday qidirish, maqolalar, kitoblarni yuklab olish va boshqa manbalar bo’yicha ma’lumotlar berib o‘tilmoqda.

Forumda ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor M.Dadamirzayev, ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i D.Abduvaxobov, ARM xodimlari va professor-o‘qituvchilar ishtirok etmoqda.

  • Share :