• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

NamMQI talabalari “Fazman Tekstil” korxonasida bo‘lib, faol tadbirkor bilan uchrashdi

Muhandislik kommunikasiyalari fakulteti talabalari Davlatobod tumanidagi “Fazman Tekstil” korxonasida bo‘lib, ushbu korxona ta'sischisi, “Shuhrat” medali sohibi Ne'mat Fazliddinov bilan uchrashdi.

Talabalar bilan muloqot davomida tadbirkor o‘zining mehnat faoliyati,  Boss, Digel kabi yetakchi xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlik qilib kelayotgan va mahsulotlarini asosan eksportga yo‘naltirayotgan korxonaning bugungi kuni, davlat rahbarining ushbu korxonaga tashrifi haqida batafsil hikoya qildi.

Tadbirkorning chiqishi talabalar bilan savol-javoblarga ulanib ketdi. Ne'mat Fazliddinovga faol hamkorlik uchun institut rahbariyatining tashakkurnomasi topshirildi.

Yakunda talabalar “Fazman Tekstil” korxonasidagi ishlab chiqarish jarayonlari bilan bevosi tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

NamMQI media markazi

  • Share :