• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Talabalar turar joylarini qurish ishlari qanday ketmoqda?

Talabalar uchun turar joy barpo etish boʻyicha 7 ta muhim fakt!

1.  Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan dasturga koʻra, 2026-yilga qadar respublika boʻyicha 100 ming oʻringa moʻljallangan talabalar turar joyi quriladi.

2.  Dastur qabul qilingandan buyon 26 171 oʻrinli 55 ta yotoqxona qurilib, foydalanishga topshirildi.

3. Birgina 2023-yilda respublika miqyosida 38 633 oʻrinli jami 85 ta talabalar turar joyini bunyod etish boʻyicha loyihalar amalga oshirilmoqda: 
➖ 55 tasi (24 621 oʻrinli ) davlat-xususiy sheriklik;
➖ 30 tasi (14 012 oʻrinli) oliygoh va byudjet mablagʻlari, investitsiya dasturi asosida.

4.  Joriy yil yakunigacha davlat dasturida belgilangan 18 ming oʻrinli talabalar turar joylari qurib bitkaziladi. Jumladan, o‘tgan 9 oy davomida jami 9 014 oʻrinli 21 ta talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi. Shundan: 
➖ 11 tasi (4 942 oʻrinli) davlat-xususiy sheriklik; 
➖ 10 tasi (4 072 oʻrinli) oliy taʼlim muassasasi mablagʻlari hisobidan qurilgan.

5. Yil yakuniga qadar yana 9 469 oʻrinli 20 ta talabalar turar joyi qurib, foydalanishga topshiriladi. Xususan, ularning:

➖ 12 tasi (5 429 oʻrinli) davlat-xususiy sheriklik; 
➖ 5 tasi (2 400 oʻrinli) oliy taʼlim muassasalari mablagʻlari; 
➖ 3 tasi (1 640 oʻrinli) investitsiya dasturi asosida.

6. Hozirda 25 569 oʻrinli 54 ta talabalar turar joyini qurish ishlari olib borilmoqda.

7. 115 ta davlat oliygohida jami 324 ta talabalar turar joyi mavjud boʻlib, ularning sigʻimi 117 646 oʻrinni tashkil etadi.

  • Share :