• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Xalqaro IT-sertifikatlarni qo‘lga kiritish bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi

Namangan muhandislik-qurilish institutida axborot texnologiyalari va informatika yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar, shuningdek, professor-o‘qituvchilar uchun amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. 

Seminar ishida viloyat hokimining raqamlashtirish bo‘yicha maslahatchisi Baxtiyor Oxunboboev, Raqamli texnologiyalar vazirligi hududiy sho‘'basi boshlig‘i Rasuljon Xolmatov, institut o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Qahramon Inoyatov, viloyat IT-park mutasaddilari ishtirok etdi. 

Tadbir davomida onlayn platformalarda ro‘yxatdan o‘tib, tahsil olish hamda xalqaro IT-sertifikatlarni qo‘lga kiritish bo‘yicha ko‘rgazmali saboqlar berildi. Professor-o‘qituvchilar va talabalarning mavzu yuzasidan savollariga batafsil javoblar qaytarildi.

 

NamMQI media markazi

  • Share :